Samarqand davlat chet tillar institutiga Qirg‘iziston-Turkiya Manas universiteti rektori, professor Alpaslan Jeylan boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Mehmonlarni institut rektori B. Xoliqov qabul qildi. Uchrashuvda qardosh turkiy davlatlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashda ta’lim tizimidagi hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga har ikki oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida turizm va mehmonxona boshqaruvi, jurnalistika, ingliz tili va adabiyoti, xitoy tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, tarjimonlik, turkologiya, turk tili kabi yo‘nalishlarda akademik almashinuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Uchrashuv nihoyasida ikki oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamkorlik Memorandumini imzolashdi.

.jpg)



© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
