Hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha onlayn muloqot o'tkazildi

Samarqand davlat chet tillar instituti bilan Turkiyaning Hajibayram Vali universiteti o‘rtasida hamkorlik Memorandumi va tegishli shartnomalar imzolangan. 

Turkiyaning Hajibayram Vali universiteti Xalqaro hamkorlik bosh koordinatori, prof. dr. Güljanat Kurmangaliyeva Erjilasun xonim bilan institut Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i B.Berdialiyev o‘rtasidagi onlayn uchrashuvda ikki oliygoh o‘rtasidagi talabalar almashinuvi dasturi, professor-o‘qituvchilarni stajirovkasi, ilmiy hamkorlik hamda talabalarga onlayn dars tashkil qilish to‘g‘risidagi ishlarni tashkil etish borasida kelishib olindi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
 

Share:
2025-03-11 11:04:53 75