Diqqat tanlov

SamDCHTIda bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchilari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tadqiqot ishlari tanlovi o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirokchilar quyidagi tadqiqot ishlari bilan qatnashishadi:

1) Bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan bitirivchi kurs talabalarining bitiruv malakaviy ishlari (BMI);
2) Magistratura mutaxassisligida tahsil olayotgan bitirivchilarning magistrlik dissertatsiyalari.

Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzusi quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha bo‘lishi shart:

• Ijtimoiy himoya siyosati;
• Kambag‘allikni baholash va qisqartirish;
• Nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiylashuvi;
• Faol va sog‘lom keksayish;
• Parvarishlash iqtisodiyoti;
• Ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik;
• Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasi;
• Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
• Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
• Adolatli o‘tish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish;
• Rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish;
• Ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish kabilar.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar institutning Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo'limi hamda "Registrator ofisi"ga murojaat etishlari lozim.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

 

Share:
2025-03-17 19:11:33 195