Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar ma’naviy olamini boyitish hamda sog‘lom ma’naviy muhitni yanada yaxshilash maqsadida institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o‘qituvchilar ishtirokida ma’rifat darslari o‘tib kelinmoqda.
Institut rektori Bahodir Xoliqov tomonidan o‘tilgan navbatdagi ma’rifat darsining mavzusi xalqimizning sevimli ayyomi – Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlandi.
Mashg‘ulot davomida talabalarga Navro‘z bayrami, uning tarixi, xalqimiz hayotida tutgan o‘rni, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelgan milliy urf-odat va an’analarning yoshlar kamoloti uchun ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
