Talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyat hamda imtiyozlar

Samarqand davlat chet tillar institutida bitiruvchi talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali bilan hamkorlikda “Davlat xizmatiga dastlabki qadam” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.

Tadbirni institut rektori B.Xoliqov olib bordi. So‘zga chiqqan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Samarqand viloyati filiali boshlig‘ining o‘rinbosari O.Axatov va boshqa mas’ullar bitiruvchilarga viloyatdagi korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalaridagi vakant lavozimlarni davlat fuqarolik xizmati vakant lavozimlarning yagona ochiq portali (vacancy.argos.uz) orqali izlab topish, mutaxassisliklariga mos keladigan vakant ish o‘rinlari uchun onlayn ariza yuborish hamda ochiq tanlovlarda ishtirok etish tartib-qoidalari yuzasidan ma’lumot berishdi.

Shuningdek, tadbirda Milliy bankning Samarqand filiali mas’ullari bitiruvchi talabalarning tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar va yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berishdi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-03-19 21:15:06 179