Uni institut rektori B.Xoliqov ochib berdi. Anjumanda dunyoning turli nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan tashrif buyurgan Nadejda Obuxova (Rossiya), Bao Liyang (Xitoy), Jimbo H. Claver (Kamerun), Huss Elassal (Kanada) hamda SamDCHTI professor-o‘qituvchilari – N.Nasrullayeva, A.Saidov va boshqalar “Til nazariyasi va muloqot madaniyati”, “Madaniyatlararo munosabatlarda tilning ahamiyati”, “Ilmiy va professional ta’limda fanlar integratsiyasi”, “Ilmiy tadqiqotlar jarayonida yoshlarning innovatsion g‘oyalari” mavzulari doirasida ma’ruzalar qilishdi.
Sohani yanada chuqurroq o‘rganish va innovatsion yechimlar ishlab chiqish uchun katta imkoniyat yaratish maqsadida tashkil etilgan anjumanda chet tillarini o‘rganish sohasidagi dolzarb muammolar va ularni hal qilish yo‘llari muhokama qilindi.
Anjumanda mutaxassislarning birgalikdagi harakatlari orqali chet tillarini o‘rganishning samarali usullari va uni amaliyotga joriy etish yo‘llari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, xalqaro tajribalar o‘rganilib, mahalliy ta’lim tizimiga moslashtirilishi belgilab olindi.
Konferensiya faqat ilmiy forum sifatida emas, balki global masalalarni hal qilishga qaratilgan strategik harakatlar rejasini ishlab chiqish vositasi sifatida ham e’tirof etildi. Unda olimlar va mutaxassislarning birgalikdagi harakatlari orqali til, fan va madaniyatlar integratsiyasi kabi dolzarb masalalar hal qilinishi mumkinligi ta’kidlandi.
© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
