2025-yil 1—5-aprel kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar uchun yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi

Joriy yilning 4—5-aprel kunlari Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo -Yevropa Ittifoqi” birinchi rasmiy Sammiti hamda “Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy farovonlik yo‘lida birdamlik” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Mazkur xalqaro tadbirni yuqori saviyada o‘tkazilishi hamda xavfsizlikni taʼminlash maqsadida shaharda transport harakatlanishini qisqartirish va cheklash choralari ko‘riladi.

Shu munosabat bilan 2025-yil 1—5-aprel kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida talabalar uchun yozgi ta’til hisobidan qisqa muddatli o‘quv ta’tili beriladi:

O‘quv jarayonlari 7-aprel, dushanba kundan boshlanadi.

❗️Eslatma: qoldirilgan dars mashg‘ulotlari yozgi ta’tilning ilk kunlari hisobidan o‘tkaziladi.

© SamDCHTI Axborot xizmati

Share:
2025-04-01 09:41:01 136