Ta’lim sifati va samaradorlikni oshirish yo‘lidagi vazifalar belgilab olindi

Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institut rektori B.Xoliqov olib bordi va Davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari, farmoyishlari hamda institut Kengashi qarorlarining bajarilishi hamda shu asosda belgilangan vazifalar ijrosi to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng O’quv ishlari bo‘yicha prorektor U. Jumanazarov 2024-2025 o‘quv yilining birinchi yarmida talabalar o‘zlashtirishi yakunlari hamda professor-o‘qituvchilarning 1-yarim yillik yuklamalarining bajarilishi to‘g‘risidagi axborot berdi.

Institutdagi jamoat tashkilotlari faoliyati to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqilgach talabalar o‘rtasida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari bilan bog‘liq masala muhokama etildi.

Kengash yig‘ilishida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U. Yorbekovning Roman-german tillari fakulteti, Narpay Xorijiy tillar fakulteti hamda Sharq tillari fakultetida olib borilayotgan o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlar hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash ahvoli to‘g‘risidagi axboroti ko‘rib chiqildi. 

Ta’lim sifati va samaradorlikni oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish borasida Kengash a’zolari o‘z taklif va mulohazalarini bildirishdi. Kun tartibida ko‘rgan masalalardan kelib chiqilib galdagi vazifalar belgilab olindi.

© Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-04-01 19:18:32 84