Tadbirni institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Otabek G‘aybullayev ochib berdi va anjuman ishtirokchilariga insitut rektori Bahodir Xoliqovning tabrigini o‘qib eshittirdi.
So‘zga chiqqan Nafisa Nasrullaeva (SamDCHTI), Ervin Akib (Indonesia), Dilnoz Ruziyeva (Buxoro innovatsiyalar universiteti), Eny Syatriana (Indoneziya), Janitha Chaminda Amarasena (Shri Lanka), Maysara Danieva (Qarshi iqtisodiyot va pedagogika universiteti), Gulzira Kdirbaeva (Nukus davlat pedagogika instituti) hamda Ilhom Rustamov (Toshkent davlat transport universiteti)lar bugungi tilshunoslikdagi muammolar, ularni bartaraf etishda soha mutaxassislari oldida turgan vazifalar, zamonaviy texnologiyalarni tilshunoslikka olib kirishning ahamiyati mavzularida ma’ruzalar qilishdi.
Shundan so‘ng anjuman “Badiiy matnning stilistik tahlili: muammolari va yechimlari”, “Chet tillarni o‘qitishda axborot texnologiyalari, masofaviy ta’lim va elektron ta’lim”, “Chet tillarni o‘qitishda tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari, lingvistik tamoyillardan foydalanish” hamda “Chet tili o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyalari va o‘qitishdagi baholash” kabi sho‘balarga bo‘lingan holda o‘z ishini davom ettirdi.
Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
