Samarqand davlat chet tillar institutida bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tadbiri doirasida ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi.
Uni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Samarqand viloyat bo‘limi raisi A.Haydarov olib bordi. Dastlab institut rektori B.Xoliqov ilm dargohida amalga oshirilayotgan islohot va yangiliklar, institut mehnat jamoasi oldida turgan vazifalar, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish borasidagi tashabbuslar, xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ish beruvchi tashkilotlar bilan o‘rnatilgan aloqalar hamda istiqboldagi rejalar haqida gapirdi.
Shundan so‘ng institut talabalari, bitiruvchilar va ish beruvchi korxona va tashkilotlar uchun birday imkoniyat yaratib bergan “Karyera kuni” tadbiri, undan ko‘zlangan maqsad va vazifalar hamda tadbir natijalari haqida ma’lumot berildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
