Samarqand davlat chet tillar instituti “Yaqin Sharq tillari” kafedrasi tomonidan ta’lim eksportini amalga oshirish maqsadida “Orient Voyages” sayyohlik firmasi bilan hamkorlikda fransiyalik mehmonlar uchun fors va oʻzbek poetikasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Unda “Yaqin Sharq tillari” kafedrasi mudiri B.Qurbonov va mazkur kafedra dotsenti U. Mahmudovlar fors va o‘zbek she’riyatining shakllanish tarixi va yuksalishi hamda hozirgi davr adabiyoti va adabiy aloqalar haqida ma’ruzalar qilishdi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi A. Shukurov, Samarqand davlat universiteti o‘qituvchilari – N. Choriyev va X. Murtazoyevlar ham ulkan boylikka ega bo‘lgan fors hamda o‘zbek she’riyatlari rivojlanish bosqichlari, o‘zaro ta’siri va ularning kelajak istiqboli haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.
O‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir fransiyalik mehmonlarga unutilmas taassurot qoldirdi.

.jpg)
.jpg)


Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
