Samarqand davlat chet tillar institutida Sharq tillari fakulteti Yapon filologiyasi kafedrasi hamda Yaponiyadagi "Move forward" biznes koorporatsiyasuning O'zbekistondagi mas'ul xodimlari hamkorligida yapon tili yo'nalishi bitiruvchilari uchun seminar tashkil etildi.
Maqsadli ish o'rinlarini yaratib berish hamda yoshlar uchun kelajakda foydasi tegadigan loyiha va takliflarni ilgari surish maqsadida tashkil etilgan tadbirda "Move forward" biznes koorporatsiyasuning O'zbekistondagi vakili X.Ergashev bitiruvchi talabalarga koorporatsiya faoliyati, u yerdagi sharoitlar, mazkur tashkilot va Yaponiyada malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj haqida gapirdi.
Seminar davomida bitiruvchilarga Yaponiyada ishlash qonun-qoidalari, tartib-tamoyillari va shart-sharoitlar xususida batafsil ma'lumot berildi. Kunchiqar mamlakatda ishlash istagini bildirgan bitiruvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

.jpg)

.jpg)
Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
