Joriy yilning 28-30-aprel kunlari Yevropa Ta’lim Sifati Agentligi (EQAA) akkreditatsiya tashkiloti vakillari Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lishgani haqida xabar bergandik.
Mazkur tashkilot ekspertlari tomonidan Samarqand davlat chet tillar institutining o‘quv dasturlari, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, shuningdek, institut mehnat jamoasi faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiqligi o‘rganildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur akkreditatsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni, 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 17-martdagi “Oliy ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlarini xalqaro ta’lim talablariga moslashtirish to‘g‘risida”gi 64-sonli buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.
Jarayonda institut mas’ullari, professor-o‘qituvchilar bilan birga ish beruvchi tashkilotlar rahbarlari, Samarqand davlat chet tillar institutining sobiq bitiruvchilari ham faol ishtirok etishdi.









Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
