“Global sintaktik strukturalar va ularda predikativlikning ifodalanishi” mavzusidagi dissertatsiyaning muhokamasi bo‘lib o‘tdi

Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti M.Zayniyevaning 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligidan filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan “Global sintaktik strukturalar va ularda predikativlikning ifodalanishi” mavzusidagi dissertatsiyaning muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Unda so‘zga chiqqan olimlar doktorantning tadqiqot ishidan ko‘zlangan maqsad va vazifalar hamda unda ko‘tarilgan masalalarni qizg‘in muhokama qilishdi. Seminar a’zolari dissertatsiyadagi ayrim kamchiliklar bartaraf etilgach uni himoyaga tavsiya etishdi.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati

Share:
2025-05-02 18:59:51 95