Samarqand davlat chet tillar institutining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Tadbirni institut rektori B.Xoliqov olib bordi va davlat Dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli hujjatlari hamda institut Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi va shu asosda institut mehnat jamoasi zimmasidagi vazifalar to‘g‘risida fikr yuritdi.

Kengash yig‘ilishida talabalar qobiliyatini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati hamda 2024-2025 o‘quv yilida magistrlik dissertatsiyalarining tayyorgarlik holati to‘g‘risida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayevning axboroti tinglandi.

Shundan so‘ng 2024-2025 o‘quv yilida fakultetlarda bitiruvchilarning bandligini to‘liq ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi hamda 2024-2025 o‘quv yilida bitiruv malakaviy ishlarining tayyorgarlik holati to‘g‘risidagi masalalar muhokama etildi.

Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakultetida o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ahvoli hamda kadrlar tayyorlash sifati, o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash holati borasida olib borilgan o‘rganish ishlar to‘g‘risida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i U.Yorbekovning axborotidan kelib chiqib Kengash a’zolari ko‘zga tashlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i L. Matyoqubova institut faoliyatini tashkil etish, kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda uning moddiy texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha “Yo‘l xaritasi”ning bajarilish holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Ijro intizomini yanada yaxshilash borasida o‘z takliflarini berdi.

Shuningdek, Xalqaro reytinglar bo‘yicha ishlash bo‘limi boshlig‘i J.Nasrullayev bergan ma’lumot asosida Kengash a’zolari pedagog-xodimlar faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichlarini baholash tizimi (KPI) asosida 2024/2025-o‘quv yili birinchi yarim yillik natijalarini muhokama qilishdi.

Kengash tomonidan kun tartibida belgilangan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-05-05 20:55:32 155