Kelajak loyihalari tanlovida ishtirok eting

Samarqand davlat chet tillar institutida yosh tadqiqotchilar, magistrlar hamda talabalar uchun joriy yilning 7-15 may kunlari ”Kelajak loyihalari” nomli startap loyihalar tanlovi o'tkaziladi.

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan ishtirokchi va jamoalar joriy yilning 13-may sanasiga qadar fakultet dekanatlariga murojaat qilishlari lozim.

Ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:

👉 35 yoshdan oshmagan va SamDChTIda o‘qiyotgan yoki ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan iqtidorli yoshlar;

👉 ilmiy-innovatsion loyiha taqdimoti, prototipi yoki mahsuloti bo‘lishi lozim.

Loyihalarga qo‘yiladigan talablar:

👉 tanlovda ishtirok etayotgan loyihaning ilmiy-innovatsion yangiligi;

👉 loyihaning mavjud analoglardan farqi bo‘lishi lozim.

Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi yoki jamoalar loyihalari 50 million so‘mgacha moliyalashtiriladi. 
loyiha amalga oshirilgandan so‘ng quyidagi tartibda sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar:

✅ 1-o'ringa (Noutbuk);
✅ 2-o'ringa (Televizor);
✅ 3-o'ringa (Planshet).

Murojaat uchun telefon: +998-91-532-92-55 (Shahram Aslanov)
"Kelajak loyihalari" nizomi
"Kelajak loyihalari" tanlovi mezonlari
"Kelajak loyihalari" tanlovi talablari

Share:
2025-05-07 19:20:07 423