Samarqand davlat chet tillar institutida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan sportning “Futbol” turi bo’yicha fakultetlar o'rtasida xotira turniri musobaqasi o'tkazildi, unda barcha fakultetlar kesimida terma jamoalar shakllantirilib, o'zaro bellashishdi.
Ushbu musobaqada Roman-german tillari fakulteti jamoasi 3-o'rinni, institut akademik litseyi jamoasi 2-o'rinni, Rektorat jamoasi 1-o'rinni qo'lga kiritdi. G'olib jamoalar rahbariyat tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
