Samarqand davlat chet tillar institutida Xitoy – O‘zbekiston sivilizatsiyalararo ilmiy-tadqiqotlar markazi tashkil etiladi

Bu bo'yicha Xitoyning Urumchi shahrida bo'lib o'tgan “Kelajak innovatsiyalari hamda Xitoy va Markaziy Osiyo hamkorligida ta'lim hamjamiyati yaratilishining ustuvor yo'nalishlari" mavzusidagi Xitoy – Markaziy Osiyo ta'lim vazirlarining birinchi anjumani doirasida Xitoy ta’lim vazirligining Xitoy – chet tillari almashinuvi va hamkorligi markazi, Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Shanxay xorijiy tillar universiteti o'rtasida uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Markaz faoliyati gumanitar fanlar bo‘yicha tadqiqot platformalarini yaratish, Xitoy – O‘zbekiston sivilizatsiyalarini o‘zaro o‘rganish sohasidagi akademik tadqiqotlar va ilmiy tadqiqot dasturlarini o‘tkazish va xalqaro almashinuv va muloqotlarni rivojlantirish, yuqori sifatli Xitoy – O‘zbekiston madaniyatlararo muloqot treninglarini tashkil etish va madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish, shuningdek, Xitoy – O‘zbekiston madaniy ma’lumotlar bazasini yaratishga qaratiladi.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati

Share:
2025-05-13 14:15:02 225