Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Samarqand viloyati Xalq qabulxonasida murojaat bilan kelgan fuqarolarni qabul qilishdi

Fuqarolar bankdan ta’lim krediti olish, to‘lov-kontrakt muddatini uzaytirish, o‘qishni ko‘chirish, qarzdorlik fanlarini qayta topshirish, ijara xonadonlarida yashovchi talabalar uchun ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish kabi masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Institutning  o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori U.Jumanazarov, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i L.Matyoqubovalar talabalar va ularning ota-onalari tomonidan qilingan murojaatlarni har tomonlama o‘rganishdi. Ularning bir qismiga joyida yechim topildi, qolganlaridagi masalalar hal qilish uchun mas’ullar nazoratiga topshirildi.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati

Share:
2025-05-16 20:53:08 122