Favvoralar sayli bo‘lib o‘tdi

2018 yil 1may kuni Samarqand shahrida “Toza suv – musaffo havo, sog‘lom hayot” shiori ostida “Favvoralar sayli” bo‘lib o‘tdi.
    Samarqand shaharlarida 2018 yil 1 may kuni “Favvoralar sayli” yoshlar ommaviy-madaniy tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Samarqand viloyat hokimligining 07/3-259-sonli bayoni asosida Samarqand temiryo‘l vokzali maydonidagi favvoralar majmuasi oldida tayyorlangan bayramda Samarqand davlat chet tillar instituti ham o‘zining “Samarqand – favvoralari” deb nomlangan badiiy kontsert dasturi bilan munosib ishtirok etdi. Bayram tadbirlari soat 14:00 dan 22:00 ga qadar davom ettirildi. 
    Bayram tadbirlariga Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, Samarqand shahar hokimi o‘rinbosari T.Nabiev, viloyat madaniyat boshqarmasi xodimlari hamda shahar aholisi tashrif buyurishib, mehmonlar talabalar ijrosidagi sehrli ohanglar, kuy-qo‘shiqlar va raqslar jilosidan qalblarda jo‘shqin hislarni uyg‘otuvchi musiqalarga hamohang harakatlanib, kamalak rangida ajib manzara kasb etib turgan favvoralardan bahramand bo‘lishdi.

Share:
2018-05-02 17:35:00 82