Samarqand davlat chet tillar instituti professor-o‘qituvchilari Ispaniyaning Seviliya universitetida o‘tkazilayotgan STAFF WEEK haftaligida ishtirok etishdi

Roman-german tillari fakulteti “Ispan va italyan tillari” kafedrasi bir guruh professor-o‘qituvchilari 2025-yil 19–23-may kunlari Ispaniyaning Seviliya universitetida tashkil etilgan STAF WEEK haftaligida faol ishtirok etishdi.

Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar ishtirokida turli seminar va treninglar, ta’lim metodikasi, yangi pedagogik texnologiyalar, o‘quv jarayonida innovatsion yondashuvlar ahamiyati hamda madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. 

Mazkur hamkorlik O‘zbekiston va Ispaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-pedagogik aloqalarni mustahkamlashga, o‘qituvchilar o‘rtasida malaka va tajriba almashinuvga hamda talabalar bilim doirasini kengaytirishga xizmat qiladi. 

Tashrif natijasida kafedraning ikki nafar doktoranti uch oy davomida Seviliya universitetida grant asosida stajirovka o‘tash imkoniga ega bo‘lganini alohida ta’kidlash joiz.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-05-28 09:51:42 135