Samarqand davlat chet tillar instituti rektori B.Xoliqov institutning Payariq xorijiy tillar fakultetida bo‘ldi

Fakultet pedagogik jamoasi va talabalar bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘quv yili davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlar tilga olindi. Talabalar o‘zlarining orzu-istaklari, kelgusi rejalari haqida gapirishdi.

Institut rektori fakultetda o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishdi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Institutning Payariq xorijiy tillar fakulteti uchun murakkab dasturlar bilan ishlashga moslashgan 60 ta zamonaviy monoblok kompyuterlar va boshqa zaruriy o‘quv texnika vositalari topshirildi.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati

Share:
2025-05-30 18:54:17 158