Joriy yilning 3-5-iyun kunlari “IFTE-2025: UZBEKISTAN” Pedagogik ta’lim bo‘yicha xalqaro forum doirasida Samarqand davlat universiteti, Samarqand davlat chet tillar instituti, Shahrisabz davlat pedagogika instituti hamda Rossiyaning Qozon federal universiteti hamkorligida «Xalqaro, milliy va hududiy o‘lchamlarda zamonaviy pedagogik ta’lim» mavzusida xalqaro forum tashkil qilindi.
Pedagogik ta’lim sohasidagi dolzarb va istiqbolli xalqaro ilmiy loyihalarni muhokama qilish, ishchi seminarlar doirasida ishtirokchilarning harakatlarini muvofiqlashtirish va amalga oshirish rejalarini belgilash, pedagogik amaliyot natijalarini taqdim etish, tajriba va fikr almashish orqali ta’lim jarayonini takomillashtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur xalqaro anjumanga Rossiya, Xitoy, Eron, Ispaniya, Qozog‘iston, Saudiya Arabistoni hamda Tojikistondagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.
2025-yilning 3-iyun kuni Samarqand davlat universitetida “Pedagog-talabalarni amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻqitish: oliy oʻquv yurti va maktab hamkorligi modellari” mavzuida birinchi anjuman bo‘lgandi.
Bugun Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lgan ikkinchi anjuman “Koʻp madaniyatli dunyoda pedagogik taʼlim: tarix va hozirgi zamon” deya nomlandi.
Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan institut rektori B.Xoliqov ta’lim sifati va samaradorligi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan anjuman ishiga omad tiladi va barcha ishtirokchilarni tabrikladi.
Anjuman o‘z ishini “Ko‘p madaniyatli ta’lim: muammo va istiqbollar”, “Turli mamlakatlarda pedagogik ta’limning tarixiy an’analari”, “Bo‘lajak pedagoglarda bag‘rikenglik va madaniyatlararo muloqotni shakllantirish, “Ko‘p madaniyatli ta'limda raqamli texnologiyalardan foydalanish”, deb nomlangan sho‘balarda davom ettirdi.
Ertaga Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Oʻqituvchi-tarbiyachi: vazifa va muammolar” mavzusida uchinchi anjuman bo’lib o’tadi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
