Samarqand davlat chet tillar institutida Call-markaz aloqa raqamlari faoliyat boshladi

O’zbekiston Respublikasida 2025/2026 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarida qabul jarayonining boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida Call-markaz aloqa raqamlari hamda Maslahat markazi faoliyat boshladi.

❗️Ish vaqti dushanba-Juma 8:00 dan 17:00 gacha, shuningdek, shanba kuni 8:00 dan 14:00 gacha.

☎️ Call-markaz telefon raqamlari quyidagilar:

+998662341223
+998662341224
+998662341225
+998662341226

Ushbu raqamlar orqali Samarqand davlat chet tillar instituti qabul jarayonlari bilan bog’liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin.

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati

Share:
2025-06-09 14:38:28 197