“El-yurt umidi” jamgʻarmasi 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi

“El-yurt umidi” jamgʻarmasi nufuzli xorijiy universitetlarda bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari doirasida taʼlim olish boʻyicha jamgʻarmaning 2025-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgorlardan hujjatlarni qabul qilish joriy yilning 16-iyun kuniga qadar jamgʻarmaning rasmiy veb sayti (https://el-yurt.uz) orqali amalga oshiriladi.

Talabgorlar joriy yilning 16-iyuniga qadar Samarqand davlat chet tillar institutining Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin.

 

Samarqand davlat chet tillar institut Axborot xizmati

Share:
2025-06-09 19:58:59 209