“Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” onlayn o‘quv kursi ishga tushirildi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-apreldagi PQ–128-sonli qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi tashkil etilgan. Ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, ilg‘or texnologiyalar yutuqlarini umumlashtirish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.

Shu munosabat bilan Markaz tomonidan “Yosh olimlar va tadqiqotchilar maktabi” nomli ilmiy-amaliy onlayn o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur kurs quyidagilar uchun mo‘ljallangan:

* bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar,
* falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) darajasiga ega bo‘lishni istagan izlanuvchilar.

🧠 Kurs doirasida ilmiy faoliyat uchun metodik tavsiyalar, ilmiy ishlanmalar taqdim etiladi.

🖥 Kurs materiallaridan foydalanish uchun quyidagi raqamli platforma orqali murojaat qilishingiz mumkin:
https://raqamlitalim.trm.uz/yosholim


📌 Diqqat! Ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar ushbu platformaga o‘zlarining ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid dolzarb mavzulardagi video darslarini joylashtirishlari mumkin. Bu ilmiy loyiha takomillashtirishiga hissa qo‘shadi.

🔎 Ilmiy-tadqiqotga qiziqqan barcha izlanuvchilarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga taklif etamiz.

📞 Murojaat uchun: Tel.: 94 333-83-33

Share:
2025-06-24 15:50:05 133