Yillar davomida o‘qish va izlanishlar bilan o‘tgan talabalik nihoyasiga yetdi. Bugungi bitiruvchilarga rasmiy diplom topshirish marosimi eng quvonchli lahzalarga boy va bir umr yodda qolarli bo‘ldi!
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov yakuniga yetgan o‘quv yili davomida oliygoh mehnat jamoasi qo‘lga kiritgan yutuqlar, mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar haqida gapirdi. Bitiruvchilarni bugungi ayyom bilan qutlab, ularning keyingi o‘qish va ishlariga zafar tiladi.
Institutda namunali xulq va a’lo baholarda o‘qib, qizil va imtiyozli diplomlarda o‘qishni bitirayotgan bitiruvchilarga diplomlar topshirildi ularning ota-onalari oliygoh rahbariyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlanishdi.
San’at ustalari va yosh ijrochilar ishtirokidagi konsert dasturi, dilrabo kuy-qo‘shiq va raqslar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.



.jpg)


.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
