SamDChTIning jurnalistika yo‘nalishiga o‘qishga kiruvchi abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihondan o‘tmoqda

Bugun Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetining "Jurnalistika: xalqaro jurnalistika" ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun ijodiy imtihon bo’lib o’tmoqda.

Ijodiy imtihon O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-o’qituvchilari tomonidan ikki bosqichda, ya’ni yozma va suhbat asosida o’tkazilmoqda. Birinchi bosqichda abituriyentlar beshta mavzudan birini tanlab, insho yozadi. Ikkinchi bosqichda komissiya a’zolari abituriyentlarni suhbatdan o‘tkazadi.

Ochiqlik, shaffoflik va adolatlilikni ta’minlash maqsadida ijodiy imtihon jarayonini onlayn kuzatish imkoniyati ham yaratilib, abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun qulayliklar tashkil etildi. Xususan, ota-onalar salqin joyda o’tirib, farzandlarining imtihon jarayonidagi ishtirokini onlayn kuzatishmoqda.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-07-10 14:07:12 232