Samarqand davlat chet tillar instituti viloyatdagi olis va chekka hududlaridagi yoshlarni oliy ta’lim tashkilotiga jalb qilish bo'yicha amaliy ishlar bormoqda

2025-yil 21-iyunda Ingliz filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasining proffessor o‘qituvchilari Toyloq tumaidagi 48-maktab va Nurobod tumanidagi 31-maktabga tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. O‘quvchilarga Samarqand davlat chet tillari institutida o‘qishning afzalliklarini, jumladan qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish, o‘ziga qulay hududda kirish imtihonlarini topshirish, test sinovlari natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, besh(5)tagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari tushuntirib o‘tildi

2025-yil 22-iyunda Narpay Xorijiy tillar fakulteti dekani Mamaniyozov Xusniddin Toshmurodovich hamda fakultet profesor-o‘qituvchilari Narpay tumanining olis hududidagi 37-maktabga tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. O‘quvchilarga Samarqand davlat chet tillari institutining filyali ya’ni Narpay Xorijiy tillar fakulteti Narpay tumanida ochilganligi Narpay yoshlari uchun katta imkoniyat ekanligi, bu fakultetda talabalar uchun yetarli sharoitlar yaratilganligi takidlab o‘tildi. Institutda kadrlar tayyorlanadigan ta’lim yo‘nalishlari va ta’lim shakllari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlari; institutda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar kontrakt asosida tahsil oluvchi talabalar uchun joriy qilingan “Ta’lim krediti” turlari; o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan talabalarga taqdim etiladigan ta’lim grantlari, davlat stipendiyalari va boshqa moliyaviy ko‘maklar talabalarni ehtiyojiga ko‘ra talabalar qoplab berish kabi tartiblari, turar joylariga joylashtirish imkoniyatlari va ijarada turuvchi talabalarga ijara haqining bir qismini qoplab berish to’g’risida to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

2025-yil 23-iyunda Kechki ta’lim fakulteti dekani Jumayev Orifjon Kilichboyevich hamda fakultet proffessor o‘qituvchilari Pastdarg‘om tumanining olis hududidagi 120-maktabga tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. O‘quvchilarga Samarqand davlat chet tillari institutida o‘qishning qulayliklari, jumladan qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish, o‘ziga qulay hududda kirish imtihonlarini topshirish, test sinovlari natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, o‘zlari orzu qilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari tushuntirib o’tildi. Shunday ekan institutda talaba yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilganligi yana bir bor takidlab o’tildi.

2025-yil 22-iyunda Roman-german tillari fakulteti dekani Sattarov Utkir Urazaliyevich boshchiligida fakultet professor-o‘qituvchilari Ishtixon tumanining olis hududida joylashgan 57-maktabdagi o‘quvchi yoshlar bilan uchrashib, institutda ta’lim olish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, til o’rganishning afzallik tomonlari maktab ma’muriyati va o‘qituvchilariga mazkur institutining tarkibiy tuzilmasi, mavjud fakultetlar, bakalavriat va magistratura dasturlari, xalqaro hamkorlik aloqalari, xorijiy tillarni o‘qitish metodikasi hamda innovatsion yondashuvlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, maktab bilan institut o‘rtasida kelgusida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Yuqoridagi topshiriq va grafikga asosan 2025-yil 20-iyunda Ingliz tili fakulteti dekani Po‘latov Behzod Yakubovich hamda bir guruh fakultet professor-o‘qituvchilari Urgut tumanining olis tog‘li hududidagi 15-maktabga tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. Yoshlarga Samarqand davlat chet tillari institutida o‘qishning afzalliklarini, jumladan, qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish, o‘ziga qulay hududda kirish imtihonlarini topshirish, test sinovlari natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari tushuntirib o‘tildi. Kelgusida chet tillarni o’rganib chet davlatlarga taxsil olish uchun yo’l ochilishi takidlab o’tildi

2025-yil 22-iyunda Sharq tillari fakulteti dekani Xusanov Ulug‘bek Toshmurodovich hamda fakultet professor-o‘qituvchilari Jomboy tumanidagi 33-maktab va Bulung‘ur tumanidagi 42-maktab tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan uchrashdi. O‘quvchilarga davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga ko‘plab sohalar singari ta’lim sohasida yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida hamda Institutida o‘qish uchun talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘qishning afzalliklarini, jumladan qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish, o‘ziga qulay hududda kirish imtihonlarini topshirish, test sinovlari natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari tushuntirib o’tildi.

2025-yil 23-iyunda Payariq Xorijiy tillar fakulteti dekani Egamnazarov Qobil Abdunazarovich hamda fakultet professor-o‘qituvchilari Payariq tumanining olis hududidagi 55-maktabga tashrif buyurib o’quvchi yoshlar bilan uchrashdi. Ushbu uchrashuvda Payariq yoshlari uchun Prezidentimiz tomonidan yaratib berilgan imkoniyatning naqadar katta ekanligi ya’ni Samarqand davlat chet tillari institutining Xorijiy tillar fakulteti Payariq tumanida ochilganligi siz yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigi ekanligi aytib o‘tildi hamda bu fakultetda o‘qish uchun yetarli imkoniyatlar yaratilganligi, Chet davlat Oliy ta’lim muassasalari bilan o‘rnatilgan hamkorliklar, o‘qishning afzalliklari, jumladan qabul jarayonlarida abituriyentlar uchun yaratilgan imkoniyatlar onlayn ro‘yxatdan o‘tish, o‘ziga qulay hududda kirish imtihonlarini topshirish, test sinovlari natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tanlashlari tushuntirib o’tildi.

Share:
2025-06-23 14:42:57 344