Samarqand davlat chet tillar instituti tomonidan Qo‘shrabot tumanidagi kam ta’minlangan oila farzandlari, xorijiy davlatlarga ishlash maqsadida ketayotgan fuqarolar uchun tumanning ikki hududi – tuman markazi va Jo‘shota mahallasida xorijiy tillarni o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazlarining faoliyati yo’lga qo’yilgan.
Bugungi kunga qadar ushbu o’quv markazlarida 62 nafar Chimmos, Minishkor, Jo‘shota, Katta Oqmachit, Pichot, Qo‘ralos, Namuna, Pangat, Qo‘shrabot, Buloqboshi, Bozorjoy, Mustaqillik, Do‘stlik, Tinchlik, Tegirmonovul, Ozod va Navkat mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlar ingliz, nemis hamda koreys tillari bo’yicha institutning malakali professor-o’qituvchilaridan bepul ta’lim olishdi.
Ma’lumot uchun, Jo'shota mahallasidagi o’quv markazida 20 nafar, tuman markazida joylashgan o’quv markazida 4 nafar o’quvchi xalqaro til bilish darajasidagi sertifikatga ega bo’lishdi. Bugun SamDCHTI rektori Bahodir Xoliqov o’quv markazlarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar va xalqaro til bilish darajasidagi sertifikatlarga sazovor bo’lgan o’quvchilar bilan uchrashdi.
Unda Bahodir Xoliqov mamlakatimizda yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanishning muhim jihatlari haqida gapirdi hamda o’quvchilarning kelgusidagi faoliyatiga omad tiladi. Shuningdek, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar va rejalar belgilab olindi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
