Aziz abituriyentlar, Sizlarni qo‘lga kiritgan yutug‘ingiz bilan tabriklayman!

Assalomu alaykum, qadrli 2025/2026-o‘quv yilida talaba bo‘lish baxtiga musharraf bo‘lgan aziz abituriyentlar! Sizlarni qo‘lga kiritgan yutug‘ingiz bilan tabriklayman. 

Mehnatsevarligingiz, bilim olishga bo'lgan cheksiz ishtiyoqingiz, maqsad sari intilishingiz o‘z mevasini berdi va mana bugun siz yurtimizning eng nufuzli oliygohlaridan biri – Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi bo‘lish sharafiga muyassar bo'ldingiz!

Ishonchim komilki, sizlar oliygohimizda oladigan bilim va ko‘nikmalar nafaqat shaxsiy kamolotingizga xizmat qiladi, balki yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida ham muhim ahamiyat kasb etadi. 

Institutimiz jamoasi sizlarning jahon standartlariga mos bilim olish, ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va kelajakda malakali mutaxassis bo'lib yetishishingiz uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.

Yangi o‘quv yilida barchangizning o‘qish va izlanish, yuksak marralarni zabt etish yo‘lidagi faoliyatingizga omad tilayman! Kelajagingiz porloq, ilm yo‘lingiz yorug‘ bo‘lsin! 

Hurmat bilan,
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov

Share:
2025-08-14 18:01:06 293