Umumxalq xayriya hasharidan chetda qolmaylik!

Joriy yilning 22-23 avgust kunlari, Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tadi.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkaziladigan mazkur ezgu tadbir doirasida mahallalar va turar joylarda, korxona va tashkilotlarda, xiyobonlar, istirohat bog‘lari, ziyoratgoh va qabristonlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Shu kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga mehr va ko‘mak ko‘rsatish ham hasharning muhim qismi bo‘ladi. Samarqand davlat chet tillar instituti mehnat jamoasi va talabalar ham ushbu xayrli ishda faol qatnashib, oliygoh hududi hamda binolarida obodonlashtirish ishlarini olib boradilar, yordamga muhtoj insonlarga mehr-muruvvat ko‘rsatadilar.

Keling, barchamiz birgalikda hasharda faol ishtirok etib, yurtimiz obodligi va xalqimiz farovonligiga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

📌 Barchani umumxalq xayriya hashariga chorlaymiz!

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-08-21 17:30:18 184