Samarqand davlat chet tillar instituti mas’ullari "Dolzarb 90 kun" dasturi doirasida institut bitiruvchilarining bandligini ta'minlash maqsadida xalqaro hamkor tashkilotlar va ekspertlar bilan o’zaro muzokalarlar olib borishmoqda.
Jumladan, SamDCHTI va "IT Park Uzbekistan" tashkilotining Samarqand filiali o’rtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga asosan IT Park Uzbekistanning xorijlik maslahatchisi janob Ahmed Aboulezz, institut Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Javohirxon Nasrullayev hamda Xalqaro hamkorlik bo’limi boshlig’i Bahodir Berdialiyevlar o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuv davomida institut bitiruvchilarini xizmat ko'rsatish markazlariga (call centre) jalb qilish orqali ularni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilindi.



.jpg)



Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
