Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Kembrij universiteti Iranistika fakulteti professori, doktor Shadi Shajiei, Yerevan davlat universiteti Sharqshunoslik fakulteti Iranistika bo‘limi dotsenti, PhD Noonik Darbinian va Belgrad universiteti Filologiya fakulteti fors tili mutaxassisi, doktor Solmaz Taghdimlar Samarqand davlat chet tillar institutiga tashrif buyurishdi. 

Tashrif doirasida institut Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Javohirxon Nasrullayev hamda Yaqin sharq tillari kafedrasi mudiri Bobur Qurbonovlar ishtirokida uchrashuv o’tkazildi.

Unda fors tili va adabiyotini o‘qitish, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini yo’lga qo’yish, xalqaro yozgi va qishki maktablarni tashkil etish hamda tomonlar o'rtasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish yuzasidan takliflar almashinildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-08-22 17:11:57 150