Samarqand davlat chet tillar institutida yangi o‘quv yili boshlandi!



 

Bugun institutda navbatdagi o‘quv yilining ilk kunlari o‘zgacha ruhda boshlandi. Dastlab ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan institut rahbariyati vakillari birinchi bosqichga qabul qilingan talabalarni muborakbod etishdi.

Tadbir davomida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida ta’lim sohasida olib borilayotgan tub islohotlar yurtimiz yoshlariga qanday katta imkoniyatlar eshiklarini ochib berayotgani alohida ta’kidlandi. Ayniqsa, “Avval test – keyin tanlov” tamoyili joriy etilgani, magistratura bosqichida xotin-qizlarga davlat granti asosida o‘qish imkoniyati yaratilgani — yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasi bo‘layotgani e’tirof etildi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi. 

Tadbir yakunida oliygohga eng yuqori ball bilan o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Shundan so‘ng dars mashg‘ulotlari boshlandi va talabalar bilim sari ilk qadamlarini tashladilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-09-03 16:28:13 157