Xabar berilganidek, Latviya poytaxti Riga shahrida Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida taʼlim forumi bo’lib o’tmoqda. Forum doirasida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Latviyaning Daugavpils universiteti o‘rtasida akademik almashinuv bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Shuningdek, institut rektori Bahodir Xoliqov Ventspils amaliy fanlar universiteti (Ventspils University of Applied Sciences) rektori Andris Vaivads janoblari bilan alohida tartibda uchrashib, oliygohlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-texnik va tarjima yo‘nalishlarida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va professor-o‘qituvchilar almashinuvini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.




Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
