Xalqaro hamkorlik aloqalari yanada kengaymoqda

Samarqand davlat chet tillar institutiga Turkiya Respublikasi TİKA (Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Esin Ajar Ergin xonim hamda TİKA O‘zbekiston vakolatxonasi loyiha boshqaruvi assistenti Farrux Abdullayevlar tashrif buyurishdi.

Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor J. Nasrullayev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonlar institutda TİKA tomonidan yaqin kunlarda ochilishi rejalashtirilayotgan Turk tili va madaniyati markazi hamda Multimedia markazi faoliyatiga oid masalalarni muhokama qilishdi. Ushbu markazlar nafaqat talabalarning bilimlarini chuqurlashtirishga, balki zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘quv jarayonini yanada samarali tashkil etishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.

Suhbat davomida tomonlar kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-09-06 12:56:14 285