Samarqand davlat chet tillar instituti Sharq tillari fakultetida taniqli ijodkor va jamoat arbobi Farmon Toshev ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Unda Farmon Toshev institutning birinch bosqichiga o‘qishga qabul qilingan yoshlarni talabalik sharafiga muyassar bo‘lganliklari bilan muborakbod etar ekan, yurtimizda ular uchun yaratilgan keng imkoniyat va qulay sharoitlardan oqilona foydalanish haqida fikr bildirdi.
Yoshlar ijodkordan ilhom olib, uning hayotiy tajribalari, ijodiy qarashlari bilan tanishishdi. Tadbir davomida talabalar ijodiy muhitda muloqot qilish imkoniga ega bo‘lishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan talabalarga ijodkor kitob sovg‘a qildi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
