Shu munosabat bilan Ingliz tili fakultetida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan institut rektori Bahodir Xoliqov professor-o‘qituvchilar va talabalarni yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabrikladi, ularning ilmiy va ijodiy faoliyatlarida yutuqlar tiladi.
Tadbir davomida samarqandlik san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Dars mashg‘ulotlari qizg‘in ruhda boshlandi. Talabalarga o‘quv reja asosida majburiy va tanlov fanlari, amaliy mashg‘ulotlar, kasbga yo‘naltirish jarayonlari va shaxsiy ta’lim yo‘nalishini shakllantirish bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.
Bahodir Xoliqov fakultet dekani va kafedra mudirlari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishda ta’lim jarayonidagi tizimli islohotlar, xalqaro hamkorlik, ilmiy-pedagogik faoliyat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur topshiriqlar berdi.
Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
