O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mustaqillik darslari o‘tkazilmoqda

Samarqand davlat chet tillar institutida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan mustaqillik darslari o‘tkazilmoqda.

Navbatdagi dars mashg‘ulotini institut rektori Bahodir Xoliqov Ingliz tili fakulteti talabalari bilan o‘tkazdi. Rektor mamlakatimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, istiqlol tufayli erishilgan yutuqlar, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar va ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik, institut jamoasining ta’lim-tarbiya, ilmiy va kasbiy yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan ishlari haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shuningdek, institut mehnat jamoasi oldida turgan dolzarb vazifalar, istiqbolli rejalar va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ham fikr bildirildi.

Mustaqillik saboqlari har bir yosh qalbida Vatanga sadoqat, bilimga chanqoqlik va fidoyilik tuyg‘ularini mustahkamlab, ulkan maqsadlar sari yo‘l ochadi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-09-08 18:53:41 106