Samarqand davlat chet tillar institutida AQShning nufuzli Brigham Young universiteti vakili Elizabet Klark bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Institut rektori Bahodir Xoliqov va mehmon ikki tomonlama hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilishdi. Talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalar va akademik dasturlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Samarqand davlat chet tillar instituti hamda Brigham Young universiteti o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolashga kelishib olindi.
Bu kabi tashriflar xalqaro ilmiy-akademik aloqalarni yanada kengaytirish, sifatli ta’limni rivojlantirish va tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
SamDCHTI Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
