Samarqand davlat chet tillar institutining 2025–2026-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan ishchi guruh vakillari institutning moddiy-texnik bazasi, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv rejalari, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdi.

O'quv binolari hamda talabalar turar joylaridagi kuz va qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimi, kutubxona fondi, zamonaviy laboratoriya jihozlari, xalqaro hamkorlik aloqalari hamda talabalar turar joylari bilan ta’minlanish darajasi o‘rganildi. 

Ishchi guruh o‘rganish natijalariga ko‘ra, institut yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rayotgani, ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonlarini takomillashtirish borasida muayyan ishlar amalga oshirilayotgani e'tirof etildi.

Share:
2025-09-12 20:46:31 172