O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevralda e’lon qilingan “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qaroriga muvofiq yoshlarning bandligini ta’minlash, oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining mehnat bozoriga integratsiyasini kuchaytirish maqsadida Samarqand davlat chet tillari institutida “Kelajakka qadam” markazi faoliyat olib bormoqda.
Mazkur markaz orqali tadbirkorlik foaliyatini boshlash istagida bo‘lgan bitiruvchilar imtiyozli kredit mablag‘lari olish borasida kerakli ma’lumot va maslahatlar olishadi. Shu bilan birga kelajakda tadbirkorlik foaliyatini amalga oshirmoqchi bo'lgan bitiruvchi talabalar taqdimotlar orqali ajratiladigan imtiyozli kreditlar hamda namunaviy loyihalar haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishlari mumkin.
Qo‘shimcha savollarga quyidagi mutaxassislar bilan bog‘lanib, javob olish mumkin:
“O‘zmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi menejerlari:
◀️ +998997562456
◀️ +998979070087
Samarqand davlat chet tillari instituti marketing bo‘limi:
◀️ +998915508989
📍 Manzil: Samarqand davlat chet tillar institutining Samarqand shahri, Gagarin ko‘chasi, 43-uy joylashgan hududidagi Sharq tillari fakulteti binosi, 1-qavat 24-xona.
👉 Bitiruvchilarning biznes loyihalarini moliyalashtirish
👉 Bitiruvchilarning biznes loyihalarini amalga oshirish
👉 Kelajakka qadam dasturi
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
