Tashrif davomida rektor o‘quv binolarida talaba va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona fondining darslik va o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlanish holati hamda bino va inshootlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha masʼullarga topshiriqlar berdi.
Professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrashuvda o‘tgan o‘quv yilidagi yutuqlar sarhisob qilinib, 2025–2026-o‘quv yili uchun ustuvor vazifalar belgilab olindi. Jumladan, ilmiy-uslubiy, pedagogik va ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yana-da yuksaltirish bo‘yicha muhim vazifalar ilgari surildi.
Bahodir Xoliqov, shuningdek, 1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda ilm olish va til o‘rganishning dolzarbligi, ilmiy maqolalar yozish va tadqiqotlar olib borish, fan olimpiadalari, ko‘rik-tanlovlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etish bo‘yicha taklif hamda tavsiyalar berdi. Talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish muvaffaqiyatli ta’limning kaliti ekanligi taʼkidlandi!



.jpg)

.jpg)


.jpg)

English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
