Samarqand davlat chet tillar institutida barcha qiziquvchi talabalar uchun “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” hamda "Eng yaxshi kreativ g'oya" startap loyihalar tanlovi bo'lib o'tadi.
Mazkur tanlovlarda g‘olib bo‘lgan ishtirokchi yoki jamoaning loyihasi 50 million so‘mgacha moliyalashtiriladi. Loyiha amalga oshirilgandan so‘ng g‘oliblar quyidagi tartibda sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlanishadi:
👉 1-o'ringa 5 million so'm;
👉 2-o'ringa 4 million so'm;
👉 3-o'ringa 3 million so'm.
Tanlovda ishtirok etish uchun loyiha taqdimoti hamda hujjatlar joriy yilning 10-noyabr kuniga qadar SamDCHTI Registrator ofisida qabul qilinadi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Registrator ofisi menejeri Shahram Aslonov (+998-91-532-92-55)ga murojaat qilishingiz mumkin!
Quyida tanlov nizomi va mezonlari bilan tanishishingiz mumkin.
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
