Samarqand davlat chet tillar instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Unga institut rektori B. Xoliqov raislik qildi. Tadbirda Davlat dasturlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi va yuqori organlar topshiriqlarining bajarilishi, institut Kengashi qarorlarining ijrosi, ilmiy-pedagogik faoliyat, xalqaro hamkorlik va o‘quv jarayonlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Soha prorektorlari va bo‘lim boshliqlari oliygoh jamoasining so‘nggi yutuqlari, professor-o‘qituvchilarning faoliyati hamda xalqaro loyihalar doirasidagi ishlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Yig‘ilish yakunida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi va ularni samarali amalga oshirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati

Share:
2025-10-13 10:47:45 74