O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishi bilan xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishiga Respublika bo‘yicha 30 ta davlat granti ajratilgan.
Vatandoshlar uchun davlat grantlariga o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etish uchun talabgorlarga quyidagi talablar belgilanadi:
- shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar asosida nomzodning o‘zi yoki ota-onasi yoxud yaqin qarindoshi;
etnik, til va madaniy-tarixiy nuqtayi nazardan o‘zini o‘zbek yoki qoraqalpoq sifatida identifikatsiya qilgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
O‘zbekiston hududida tug‘ilib, istiqomat qilgan, biroq, hozirda xorijda doimiy istiqomat qilayotgan chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi;
– xorijiy fuqaro sifatida Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatdagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tib, suhbat natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilgan bo‘lishi;
– 30 yoshga to‘lmagan bo‘lishi;
- o‘zbek tilini bilishi lozim.
Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlardan tegishli oliy ta’lim muassasalar tomonidan 2025-yil 10-oktabr kuniga qadar arizalar qabul qilinadi.
Maxsus tanlovlar talabgorlar tomonidan tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga kirish fanlaridan o‘tkaziladi. Bunda fanlar majmuasiga ko‘ra:
– kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tanlangan oliy ta’lim tashkiloti tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi;
– natijalari oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan taqdim etilgan talabgorlar uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi;
– kirish imtihonlari test shaklidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan test sinovlari o‘tkaziladi.
Arizani SamDCHTIning Gagarin ko‘chasi 43 uyda joylashgan Xalqaro hamkorlik bo‘limiga yoki quyidagi link orqali masofadan topshirishingiz mumkin: https://studyin-uzbekistan.uz/universities/99/programs
Batafsil ma’lumot uchun:
SamDCHTI Xalqaro hamkorlik bo‘limi
Tel.: +998 97 919 87 01; +998 94 519 09 59
E-mail: intdep@samdchti.uz
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
