AQSHda xizmat safarida bo‘lib turgan Samarqand davlat chet tillar instituti delegatsiyasi navbatdagi muhim uchrashuvni Yuta shtatidagi Utah davlat universiteti rahbariyati vakillari bilan o'tkazdi.
Hamkorlik uchrashuvi Winder Boardroom zalida bo'lib, unda Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Bahodir Xoliqov va Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Javohirxon Nasrullayev, shuningdek, Utah davlat universiteti prezidenti professor Teylor Randall va hukumat bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezident Jeyson Perri janoblari ishtirok etishdi.
Muzokaralar davomida tomonlar o'rtasida o‘zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yangi bosqichga olib chiqish borasida takliflar ko'rib chiqildi. Talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuv dasturlarini kengaytirish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, akademik hamkorlik asosida xalqaro grant va dasturlarni ishlab chiqish, hamkorlikda yangi ta’lim tashabbuslarini yo‘lga qo‘yish masalalari shular jumlasidan.
Eng muhim vazifalardan biri sifatida Utah davlat universitetining Samarqand shahrida o‘zining filial kampusini ochish istiqbollari ham keng muhokama qilindi. Ushbu tashabbus ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishi va O‘zbekistonning xalqaro ta’lim maydonidagi mavqei yanada mustahkamlanishi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida qo‘shma ishchi guruh tuzish va yaqin kelajakda mazkur tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish va hamkorlik aloqalarini izchil davom ettirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.



.jpg)

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
English
Русский
Francais
Deutsch
Spain
