Korrupsiya holatlarining oldini olish bo’yicha profilaktik tadbir o’tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsiya holatlarining oldini olish va barvaqt aniqlash bo’yicha qator vazifalar belgilab berilgan. Shu munosabatda professor-o’qituvchilar hamda xodimlar orasida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik harakatlari sodir etilishining oldini olish va o’z vaqtida aniqlash hamda ularda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida profilaktik tadbir o’tkazildi.
Unda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor A.Kuraxmedov, rektor maslahatchisi Z.Mamaraimov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig’i S.Tursunov, yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xodimlari, dekan o’rinbosarlari, tyutorlar, psixolog va xotin-qizlar kengashi a’zolari ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasida so’nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi va "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonunlar, Jinoyat va Ma’muriy kodekslardagi sohaga aloqador moddalar mazmun-mohiyati, odob-ahloq va ichki tartib-qoidalari tushuntirilib, korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning o'rni haqida tushunchalar berildi.

SamDCHTI Axborot xizmati

 

 

Share:
2025-11-07 16:44:31 75