Xushxabar

Talabalar uchun yangi imkoniyat — “Yangi Renessans” gazetasi ta’sis etildi!

Samarqand davlat chet tillar institutida talabalarning ilmiy, ijodiy, ma’naviy va ma’rifiy salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi yana bir loyiha yo‘lga qo‘yildi — “Yangi Renessans” nomli ijtimoiy-ta’limiy, madaniy-ma’rifiy gazeta tashkil etildi.

Talabalar tomonidan yozilgan xabarlar, ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy mazmundagi maqolalarni institut jamoasiga yetkazish, talabalarning erkin fikrlashi va jurnalistik ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan mazkur haftalik gazeta Sharq tillari fakulteti Xalqaro jurnalistika yo‘nalishi talabalari uchun haqiqiy amaliyot maydoniga aylanadi.

Maqola, xabar, fotolavha va boshqa ijodiy ishlarni tayyorlash, sahifalash va boshqarish jarayonlarida ularning o‘zlari faol ishtirok etishadi. Eng muhimi, ularda jurnalistik malaka va tajriba shakllanadi. Bu tashabbus yoshlarning ijodiy qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularni professional muhitga tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo’ldi.

PDF shakli bilan tanishish

 

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati
 

Share:
2025-11-19 15:53:11 33